Angliya Jahon chempionligini qo'lga kiritsa, futbolchilarga qancha bonus beriladi?

11 iyul 2026, 00:49
Angliya terma jamoasi JCH–2026da g'olib chiqsa, futbolchilar va murabbiylar shtabiga umumiy hisobda qariyb 19 million funt sterling miqdorida mukofot puli to'lanadi.

"The Guardian" xabariga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) futbolchilar uchun 15 million funt, bosh murabbiy Tomas Tuxel uchun 3 million funt, murabbiylar shtabi a'zolari uchun esa taxminan 1 million funt bonus ajratgan.

Futbolchilar Qatardagi JCH–2022da chempion bo'lgan taqdirda oladigan mukofotga nisbatan ikki barobardan ham ko'proq mablag' ishlab olishadi.

JCH–2026ning umumiy mukofot jamg'armasi ham sezilarli oshirilib, 655 million dollarga etkazildi. Turnir g'olibi esa 50 million dollar mukofot puliga ega bo'ladi. Bu 2022 yilgi mundial g'olibi olgan 32 million dollardan ancha yuqori ko'rsatkichdir.

Shuningdek, Angliya terma jamoasi chorak finalga chiqqanining o'zi uchun ham taxminan 19 million dollar ishlab bo'lgan. Ushbu mablag'ning qariyb yarmi Norvegiyaga qarshi chorak final bahsi natijasidan qati nazar futbolchilar va murabbiylar shtabi o'rtasida taqsimlanadi.

Har bir futbolchi oladigan aniq bonus maydonda o'tkazgan vaqtiga qarab hisoblanadi. Agar mablag' teng taqsimlansa, har bir futbolchi taxminan 577 ming funt sterlingga ega bo'ladi.

Bundan tashqari, Angliya terma jamoasi futbolchilari har bir o'yin uchun 2 ming funt ishtirok haqini ham oladi. Biroq ananaga ko'ra, ushbu mablag'lar xayriya ishlariga yo'naltiriladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian