

Angliya terma jamoasining qiymati 1,62 mlrd evroni tashkil etadi, bu milliy jamoalar orasida eng yuqori ko'rsatkich.
Yana ikkita jamoaning qiymati 1 mlrd evrodan oshadi: Fransiya 1,35 mlrd evro va Ispaniya 1,31 mlrd evro. Ular reytingda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turibdi.
Dunyoning eng qimmat beshta terma jamoasi qatoriga Portugaliya (865 mln evro) va Italiya (839 mln evro) ham kiradi.



