Andrey Fyodorov: "Lokomotiv" bosh murabbiyi bo'lishga tayyorman"

Mirjalol Normatov
16 okt 2022
"Torpedo"ga qarshi o'yinda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasida bosh murabbiylik vazifasini bajargan Andrey Fyodorov bu ishni to'liqligicha qo'liga olishga tayyor.

- O'zbekistondagi faoliyatingizda bosh murabbiylik vazifasini bajaruvchidan to'liqligicha bosh murabbiy bo'lgansiz. Hozir bu borada ham o'ylayapsizmi?

- Albatta. Biz shuning uchun futbol bilimlarini o'zlashtiramiz va katta klublarda bosh murabbiy bo'lishni istaymiz, - dedi Andrey Fyodorov.

Ayni damda Moskva klubi "Pari NN" bosh murabbiyi Mixail Galaktionov bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Andrey Fyodorov esa Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi maqomidan bosh murabbiy bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: «Матч ТВ»