"Vilyarreal" "Lokomotiv" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 mar 2021, 18:00
"Lokomotiv" (Moskva)ning 19 yoshli yarim himoyachisi Nikita Iosifov faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Yarim himoyachi bilan "Vilyarreal" klubi shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Bitim yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Nikita "Temiryo'lchilar"ning bosh jamoasida 2019 yildan beri o'ynaydi.

Iosifov joriy mavsum RPL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchining moskvaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Marca