Xulen Lopetegi jahon chempionatlari tarixida ispaniyalik murabbiylar o'rtasida antirekord o'rnatdi

20 iyun 2026, 10:30
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jahon chempionatlari tarixida ispaniyalik mutaxassislar orasida tarixiy antirekordni qayd etdi.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi OptaJose statistika portali xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Lopetegi jahon chempionatlari uchrashuvida 0:6 hisobidagi yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan ilk ispaniyalik murabbiy bo'ldi. Bu ispaniyalik nastavniklar uchun dunyo birinchiliklari final bosqichi tarixidagi eng yirik mag'lubiyatdir. Eslatib o'tamiz, JCH-2026 guruh bosqichi 2-turida qatarliklar Kanada terma jamoasiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

1-turda Qatar Shveytsariya bilan (1:1), Kanada esa Bosniya va Gertsegovina bilan xuddi shunday hisobda (1:1) durang o'ynagan edi. 24 iyun kuni bo'lib o'tadigan 3-tur bahslarida Qatar Bosniya va Gertsegovina bilan kuch sinashsa, Kanada va Shveytsariya terma jamoalari guruhdagi birinchi o'rin masalasini hal qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: OptaJose