Aleksandr Geynrix Janubiy Koreya bilan o'yinlarda O'zbekiston to'purari

Iskandarov Abdulaziz
6 okt 2026, 11:19
O'zbekiston milliy terma jamoasi safida juda ko'p futbolchilar Janubiy Koreyaga qarshi turli davrlarda maydonga tushgan.

16 ta qarama-qarshilikda terma jamoamizdan jami 11 nafar futbolchi raqib darvozasiga yo'l topgan. Bu ro'yxatni Aleksandr Geynrix 3 ta gol bilan boshqarib turibdi. Sasha 2005 yilgi JCH-2006 saralash bosqichi va Osiyo Kubogi-2011 da bronza uchun kechgan o'yinlarda koreyaliklar darvozabonini ranjitgan.

Aleksandr Geynrix 3
Azamat Abduraimov 1
Oleg Shackix 1
Andrey Fyodorov 1
Maksim Shackix 1
Server Jeparov 1
Ibrohim Rahimov 1
Stanislav Andreev 1
Sanjar Tursunov 1
Marat Bikmaev 1
Zohir Qo'ziboev 1

Ma'lumot uchun, bugungi o'yin 16:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia