

33 yoshli ispaniyalik hujumchi yangi jamoasida 21-raqam ostida to'p suradi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Morata o'tgan mavsumni "Komo" safida o'tkazdi. U A Seriyada 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan, ammo gol ura olmagan.
"Real Madrid", "Yuventus", "Chelsi", "Atletiko" va "Milan"da ham to'p surgan tajribali hujumchi endi faoliyatini Ispaniyaning Segunda divizionida davom ettiradi.




