LIVE. JCH. Argentina - Avstriya 1:0 (matnli translyatsiya)

22 iyun 2026, 21:53
JCH-2026 J guruhi 2-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatishingiz mumkin.

JCH, J guruhi, 2-tur

Argentina - Avstriya 1:0

Gollar: 38 - Lionel Messi

Argentina: 23. Emiliano Martines, 26. Nauel Molina, 13. Kristian Romero, 6. Lisandro Martines, 25. Fakundo Medina, 7. Rodrigo De Paul, 20. Aleksis Mak Allister, 24. Enco Fernandes, 16. Tyago Almada, 10. Lionel Messi, 22. Lautaro Martines.

Zaxira: 1. Xuan Musso, 12. Xeronimo Ruli, 2. Markos Senesi, 3. Nikolas Talyafiko, 4. Gonsalo Montel, 19. Nikolas Otamendi, 5. Leandro Paredes, 8. Valentin Barko, 11. Jovani Lo Chelso, 14. Eksekiel Palasios, 18. Nikolas Pas, 15. Nikolas Gonsales, 9. Xulian Alvares, 17. Juliano Simeone, 21. Xose Lopes.

Avstriya: 1. Aleksandr Shlager, 20. Konrad Laymer, 8. David Alaba, 5. Stefan Posh, 3. Kevin Danso, 6. Nikolas Zayvald, 4. Ksaver Shlager, 18. Romano Shmid, 9. Marsel Zabitcer, 24. Paul Vanner, 11. Mixael Gregorich.

Zaxira: 12. Florian Vigele, 13. Patrik Penc, 2. David Affengruber, 15. Filipp Linxart, 16. Filipp Mvene, 23. Marko Fridl, 25. Mixael Svoboda, 22. Aleksander Prass, 10. Florian Grillich, 17. Karni Chukvuemeka, 19. Deyan Lyubichich, 26. Alessandro Shyopf, 7. Marko Arnautovich, 14. Sasha Kalayjich, 21. Patrik Vimmer.

Ogohlantirishlar: 41 - Stefan Posh

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

🕘 45+7. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

39. Hisob ochildi uchrashuvda, buyog'iga Avstriya ham hujumlarni ko'paytirishi aniq.

📊 JCHlar tarixida yangi rekord: Lionel Messi - mundiallar tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi! 17 ta gol bilan u Miroslav Klozening 16 ta gollik rekordini yangiladi!

gettyimages-2282261676-2048x2048.jpg

⚽️ 38. GOL! Messi mundiallardagi o'zining 17-golini urdi! Ajoyib kombinaciya kunida Leo to'pni darvozaga kiritdi!

36. Argentina qarshi hujumga qochib ketdi, to'p Encoga kelib tushdi, biroq uning uzatmasidan so'ng yakuniy zarbasini beradigan futbolchi topilmadi.

32. Yana Messi! Bu safargi zarbasi Alabaga tegib qaytdi.

31. Messi dribling ishlatib jarima maydonchasiga kirmoqchi bo'ldi, biroq avstriyalik himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun tanaffus e'lon qilindi.

19. Messi juda qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq Shlager ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasi joniga oro kirdi.

15. Avstriya endi oldinga o'tishni boshladi, hujumlar keskinlashmoqda.

10. Uchrashuvda hisob ochilmadi, o'yin buyog'iga yanada “qizishi” aniq.

gettyimages-2282788728-2048x2048.jpg

9. Messi… uning penaltidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi…

7. Avstriya darvozasi tomon penalti belgilandi! To'p oldida Messi!

6. Stop, holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. 

5. Martines raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bosh hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

2. Dastlabki daqiqalarni argentinaliklar faol boshlashdi. Almadaning zarbasi aniq bo'lmadi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 J guruhi 2-turidan o'rin olgan Argentina - Avstriya uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia