Aleksandr Geynrix: "Qur'ada to'rtinchi savatchadan Gaiti yoki Kyurasaoni kutib qolamiz"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2025
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Championat.asia saytiga JCH-2026 qur'asi oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi savatchadan kuchliroq jamoa tushishini istardim. Jahon chempionatiga chiqdikmi, demak, yaxshi bir jamoaga qarshi o'ynashga nima etsin, masalan, Ispaniya, Braziliya yoki Fransiya bilan!

Ikkinchi savatchadan Kolumbiya yoki Senegal. To'rtinchisidan esa Gaiti yoki Kyurasaoni kutib qolamiz. Biz ulardan birini mag'lub etib, guruh bosqichidan chiqishimiz lozim", – dedi Geynrix.

- Nima uchun siz muxlisi bo'lgan Ronalduning Portugaliyasi bilan tushishimizni xohlamayapsiz?

- Men "Real"ga muxlislik qilaman, u esa hozir Madridda emas (kuladi).

Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia