Akmal Mozgovoy: "Ko'proq jismoniy va taktik jihatlar ustida ish olib boryapmiz"

Абдулвосит Бектемиров
12 may 2026, 21:25
Akmal Mozgovoy bugungi mashg'ulotlardan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy va taktik jihatlar ustida ish olib boryapmiz", - dedi Akmal Mozgovoy.

- Fabio Kannavaro jismoniy holatimiz yaxshi emas deb aytib o'tdi. Sizning ayni damdagi jismoniy holatingiz qanday?

- Kannavaro tajribali mutaxassis. U nima haqida gapirayotganini biladi. Uning fikri to'g'ri, deb o'ylayman. Mashg'ulotlarimiz ham jismoniy jihat ustida ko'proq ishlashga yo'naltirilgan.

- Mundialdagi terma jamoamizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Maksimal harakat qilamiz. 100% emas, 200%.

- Dastlabki o'yinimizni Mexikoda o'tkazamiz. Mexiko shahri 2200 metr balandlikda joylashgan va juda nam iqlimga ega ekan. Ushbu jihatlarga ham tayyorgarlik ko'ryapsizlarmi?

- Muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman. Murabbiylar shtabi barchasi haqida qayg' urmoqda. Bilmadim, balki borganimizdan so'ng qo'shimcha kislorod orqali nafas olarmiz.

- Mundialda qaysi futbolchi bilan libos almashishni istaysiz?

- Barcha Ronaldu deb javob bersa kerak.


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: