Abror Ismoilovning agenti "Navbahor" ustidan OFKga arz qildi

Alisher Ostonov
26 iyul 2025
Abror Ismoilovning agenti OFKga murojaat bilan chiqib, "Navbahor" ustidan shikoyat kiritgan.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Navbahor" FIFA bilan muammoni hal qilgan, PFL esa mahalliy futbolchi va murabbiylar oldidagi majburiyatlarini bajarsa, klubga engillik berishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. 

Biroq endilikda OFK va licenziyalash masalasi ham masalaga qo'shilgach, holat biroz og'ir ekanligini ko'rish mumkin. Klub ketma-ket ikki marta o'z kafolatlariga amal qilmagani oqibatida mahalliy futbolchilar ishonchini yo'qotgani aytilmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia