Abdurauf Bo'riev: "O'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga g'alaba uchun chiqish kerak"

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026
"Paxtakor" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev Championat.asia saytining bir qator savollariga javob berdi.

– "Obolon"ga qarshi o'yin qanday o'tdi?

– Bugungi o'yin yaxshi o'tdi, "kurash"ga ko'proq urg'u berildi. Hamma o'yinga berilib kyetib, hissiyotlarini yashira olmadi, shu bois jangovar bo'ldi. Natijaga keladigan bo'lsak, yutqazdik. Bu yaxshi emas. Chunki o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham maydonga g'alaba uchun chiqish kerak. Biroq xatolarimizni o'rganib, nazariya orqali tahlil qilamiz.

– Bunaqa qiziqqonlik Superligada zararga ishlashi mumkin.

– Albatta. Chunki jamoaga salbiy ta’sir qilishi mumkin, eng keraklisi bu – natija. 

– Jamoa o'yinida o'zgarishlar bor. Ketma-ket o'yinlar va mashg'ulotlar charchatib qo'ymayaptimi?

– O'zimizda iroda topishimiz kerak. Chunki yig'in chempionatga tayyorgarlik maqsadida tashkil etiladi, maksimal darajada kuch yig'ishimiz kerak. Chunki Superliga uzoq davom etadi. Shu bois, kuch yig'ib, Xudo xohlasa, chempionatga tayyor bo'lamiz.

– Maydonni sog'ingan Abdurauf Bo'riev deymiz-da! Hozir mashg'ulotlarni asta-sekin boshlayapsizmi?

– Ha, albatta. Jarohatim bor edi. Safga kecha qo'shildim. Bugun yakka tartibdagi mashg'ulot o'tdik. Keyingi o'yingacha jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilaman.

– Jamoa muxlislariga tilaklaringiz... Yangi mavsumni "Paxtakor" stadionida boshlasangiz kerak?

– Albatta, sevimli "Paxtakor" stadionimizda boshlaymiz. Muxlislar bizning 12-o'yinchimiz. Har bir o'yinda ularni muxlislik qilib turganini his qilamiz. Ularning yuzini erga qaratmagan holda har musobaqada chempionlikka harakat qilamiz.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia