Ilgiz Tantashev va uning jamoasi O'zbekistonga qaytdi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 11:11
FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar jamoasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatidagi faoliyatidan so'ng yurtimizga qaytdi.

Ma'lumki, Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko (yordamchi hakam) hamda Timur Gaynullin (yordamchi hakam) AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan FIFA Jahon chempionati uchrashuvlarida hakamlik qildi.

Bugun hakamlar jamoasini Toshkentda oila a'zolari, O'zbekiston Futbol Hakamlari Markazi rahbariyati hamda taniqli hakamlar kutib oldi.

Eslatib o'tamiz, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi musobaqa doirasida Shotlandiya - Marokash hamda Paragvay - Fransiya uchrashuvlarini boshqarib bordi.

photo_2026-07-15_10-31-07.jpgphoto_2026-07-15_08-45-27.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uzfhm