A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Khoja
24 may 2025, 07:55
“Napoli“ yarim himoyachi Skott Maktominey A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi.

Bu haqida chempionat matbuot xizmati ma'lum qildi. Shotlandiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 12 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

Shuningdek, A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi uchun beriladigan sovrin “Napoli“ bosh murabbiyi Antonio Kontega nasib etdi.

Eslatib o'tamiz, Skott Maktominey o'tgan yilning yozida “Manchester Yunayted“dan “Napoli“ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com