A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi

22 avg 2026, 23:52
Italiya A Seriyasi 1-tur doirasidagi "Inter" - "Monca" o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Milandagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tdi.

Xakan Chalxanoglu 6-daqiqadayoq hisobni ochdi. Gushtova Varela 29-daqiqada muvozanatni tikladi. Petr Zelinskiy 48-da, Franchesko Espozito esa 55-daqiqada gol urdi. Yann Bissek 63-daqiqada Espozitoning uzatmasinini golga aylantirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia