

"Espanol" - "Real Madrid" 1:2
Gollar: 9 - Jud Bellingem, 30 - Aleks Kalatrava, 90 - Karlos Espi
“Espanol”: 13. Marko Dmitrovich, 23. Umar El-Hilali, 5. Klemens Ridel (16. Vanya Drkushich, 66’), 14. Unay Nunesh, 21. Roxer Inoxo, 4. Urko Gonsales (10. Pol Losano, 76’), 8. Edu Esposito (17. Xofre Karreras, 88’), 28. Xavi Ernandes (11. Pere Milya, 76’), 22. Aleks Kalatrava (26. Rafel Bausa, 66’), 24. Tayris Dolan, 9. Roberto Fernandes.
Zaxira: 1. Anxel Fortuno, 31. Lorens Serred, 3. Kvilindsxi Xartman, 27. Adama Timera, 20. Gabriel Moskardo, 18. Markos Fernandes, 32. Xose Anxel Lopes.
“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 4. Din Xyoysen, 16. Ibraima Konate, 24. Denzel Dyumfris (12. Trent Aleksander-Arnold, 80’), 18. Alvaro Karreras (17. Mark Kukurelya, 64’), 8. Federiko Valverde, 20. Bernardu Silva (6. Eduardu Kamavinga, 80’), 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler (25. Yan Diomande, 64’), 5. Jud Bellingem (19. Karlos Espi, 80’), 10. Kilian Mbappe.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 22. Antonio Ryudiger, 33. Mario Rivas, 29. Xorxe Sestero, 21. Braim Dias, 36. Aleksis Siria.
Ogohlantirishlar: 32 - Vinisius Junior, 32 - Aleks Kalatrava, 59 - Klemens Ridel, 84 - Edu Esposito, 90+1 - Pere Milya, 90+4 - Pol Losano
90+4. O'yin yakunlandi.
90+3. Mezbonlar endi hujumga o'tmoqda.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. “Espanol” endi qolgan daqiqalarda ulgurarmikin?!

90. GOL! Espi “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi! Diomandening uzatmasidan so'ng Mbappe ajoyib pas bilan Karlosni taminladi va u gol urdi!
82. Espining uzatmasidan Mbappe darvoza tomon zarba berdi, ammo o'xshamadi.
80. “Real” safida biryo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi.
78. Valverdening zarbasi birozgina noaniq ketdi…
70. Vinisius o'tkir burchakdan zarba berdi, ammo juda noaniq bo'ldi.
64. “Real”da o'zgarish, Kukurelya va Diomande o'yinga qo'shildi.
62. Vinisius raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam bu yerda o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
60. Mbappening jarima zarbasidan tepgan to'pi aniq bo'lmadi.
59. Konatedan bosh bilan zarba, Dmitrovich to'pni ushlab oldi.
58. Ardaning jarima zarbasidan uzatgan to'pini Xyoysen bosh bilan zarba berdi, ammo rekoshet bo'lib, darvozagacha bormadi.
53. Burchakdan uzatilgan to'pni Jud boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar Dmitrovich ajoyib seyv ko'rsatdi!
53. Dyumfris ajoyib yurish qilib darvozaga zarba berdi, to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
50. Ushbu bo'lim ham birinchisi kabi start oldi: jamoalar to'p nazorat qilgan holda oldinga o'tishadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+2. Espositoning zarbasidan keyin to'p Kurtuaga kelib tushdi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
42. Yana fransiyalik hujumchi qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo noaniq ketdi.
38. Yana Kiliandan zarba, biroq buni ham “Espanol” posboni bartaraf eta bildi!
33. Mbappe katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib borib, zarba berdi va uni Dmitrovich qaytardi. Keyingi zarba Dyumfrisdan bo'ldi, biroq bu noaniq…
31. Barchasi qaytadan boshlanadi va o'yin qiziydi ancha.

30. GOL! Kalatrava hisobni tenglashtirdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Aleks darvozaga zarba berib, joyladi!
26. Yana bir zarba mezbonlardan: bu safar Fernandes tepdi, ammo noaniq bo'ldi.
26. Ridelning kuchli zarbasidan keyin to'pni Kurtua qaytardi!
23. Xyoysenning qoshi yorilgan shekilli, qonab turibdi. Hakam unga tibbiy yordam ko'rsatilishini ma'lum qildi.
20. Dyumfrisning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.
15. Mbappening uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Dmitrovichga borib tushdi.
14. Yana Madrid faol, jamoaning harakatlari tezroq ikkinchi golga urinish ekanligi sezilib turibdi.
10. Tezkor gol ko'rdik o'yinda, endi buyog'iga barselonaliklar nima qila olishadi?!

9. GOL! Bellingem hisobni ochdi! Gyulerning jarima zarbasidan uzatgan to'pini Jud boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!
8. To'p nazorati to'liq madridliklarda, jamoa hujumlar tashkil etishga intilmoqda.
2. Ilk daqiqalardan o'yin to'qnashuv bilan boshlandi: Gyuler va Esposito to'qnashdi, bosh hakam bunga e'tibor ham bermadi.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasi 2-turi doirasidagi "Espanol" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



