“Al Hilol” “Chelsi” yulduzi bo'yicha yangi muzokaralarni belgiladi

Sherzod Nurmatov
18 avg 2026, 11:55
“Al Hilol “shu haftada Pedru Netu transferi bo'yicha “Chelsi” bilan yangi to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni klubi futbolchi va uning vakillariga moliyaviy taklifni taqdim etib ulgurgan. 26 yoshli portugaliyalik vinger shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi va Saudiya arabistoni Pro-ligasiga o'tishga “yashil chiroq” yoqdi. “Chelsi” esa futbolchini taxminan 60 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Avvalroq Netu uchun “Arsenal” va “Manchester Siti” da'vogarlik qilgandi, ammo har ikki klub ham kurashdan chiqdi. Bu esa “Al Hilol”ga erkin harakat qilish imkonini bermoqda: Simone Inzagi jamoasi ushbu yozgi transferlar oynasida allaqachon “Vest Xem”dan Krisensio Sammervillni xarid qilish uchun taxminan 60 million funt sarflab bo'ldi.

Agar transfer amalga oshsa, portugaliyalik vinger Ar-Riyodda “Vulverxempton”dagi sobiq jamoadoshi hamda milliy terma jamoadagi sherigi Ruben Nevesh bilan yana birlashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano