"Al Hilol" navbatdagi TOP transfer bo'yicha kelishuvga erishdi

16 avg 2026, 08:50
"Al Hilol" "Chelsi" hujumchisi Pedru Netu bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bu haqda taniqli insayder Sasha Tavoleri xabar beradi.

Saudiya klubi 26 yoshli vinger bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi. "Chelsi" portugaliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. "Ko'klar" futbolchi uchun taxminan 60 mln evro olmoqchi.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. "Al Hilol" bitim yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/sachatavolieri