"Yuventus"ga boykot e'lon qilish kerak

Taniqli mutaxassis Zdenek Zeman barchani "Yuventus" klubiga boykot e'lon qilishga chorlamoqda.


"Yuventus" stadionida o'ynamaslik kerak. Men har doim qoidalarni hurmat qilganman va ularga amal qilaman. Meni 3 oylik diskvalifikaciya qilishganida hech kimga etiroz bildirmay buni qabul qilganman. Bu haqida bir og'iz gapirmaganman", - deydi Zeman.

Gap shundaki, "Yuventus" stadioniga kiraverishda klubning qo'lga kiritgan 35ta chempionlik sovrini aks ettirilgan. "Yuventus" esa 2004-2005, 2005-2006 yillardagi chempionlikdan Kalchopoli mojarosi tufayli mahrum etilgan.
Zeman esa "Yuventus"ni doim tanqid qiladigan mutaxassis sifatida barchaga tanish.


Manba: Football-Italia