"Yuventus" va Gonsales shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi

10 okt 2026, 12:35
"Yuventus" Nikolas Gonsales bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

28 yoshli vinger 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Argentinalik futbolchi 2024 yildan beri Turin klubida o'ynamoqda, u o'tgan mavsumni "Atletiko"da ijara asosida o'tkazgan.

Gonsales joriy mavsumda 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com