

Kukurelya 2021 yildan 2026 yilgacha APLda "Brayton" va "Chelsi" klublari sharafini himoya qilgan. U ligada jami 150 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bunga qadar esa Kukurelya o'z vatanida "Barselona", "Eybar" hamda "Xetafe" safida to'p tepgan.
"La Liga va APL o'rtasidagi farq? O'yin shiddati. Bu yerda mahorat darajasi yuqoriroq, har bir jamoa futbol o'ynashga harakat qiladi, ammo Premer-ligada jismoniy intensivlik ancha yuqori. U yerda hamma narsa 1 daqiqada o'zgarib ketishi mumkin. La Liga texnik jihatdan kuchliroq, Premer-liga esa ko'proq kuchga asoslangan", – dedi Kukurelya COPE nashriga bergan intervyusida.
Hozirgi vaqtda 28 yoshli himoyachi hisobida La Ligada 118 ta o'yin mavjud (gol+pas bo'yicha 5+10). Kukurelya 2026 yilning yozidan buyon "Real" safida o'ynamoqda. U joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi.



