"Tottenxem" 51 yil oldingi antirekordni takrorladi

30 avg 2026, 13:09
"Tottenxem” 1974/1975 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Angliya chempionatining dastlabki ikki o'yinida gol urmasdan mag'lub bo'ldi.

Bu haqda Opta statistika portali xabar bermoqda.

"Shporlar" APLning ikkita boshlang'ich turida ikkita mag'lubiyatga uchradi va birorta ham gol ura olmadi. Birinchi o'yinda londonliklar safarda "Brentford"ga (0:3), keyin esa uyda "Nyukasl"ga (0:2) imkoniyatni boy berishdi.

Ayni paytda Roberto De Zerbi jamoasi Angliya chempionati turnir jadvalida oxirgi, 20-o'rinni egallab turibdi. "Tottenxem" hisobida ikkita boshlang'ich turda 0 ochko bor.

"Shporlar" navbatdagi uchrashuvini 5 sentyabr kuni mehmonda "Nottingem Forest"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: theanalyst.com