"So'g'diyona"ni bir yo'la 6 nafar futbolchi jamoani tark etdi

3 iyul 2026, 16:20
Yozgi transfer oynasi vaqtida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi tarkibida jiddiy o'zgarishlar yuz bermoqda.

Jamoaning bir nechta asosiy va tajribali futbolchilari klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini rasman bekor qilishdi. Bu haqida O'zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Quyidagi futbolchilar jizzaxliklar lagerini tark etgan:

Suhrob Izzatov

Feysal Mulich (legioner)

Nikola Mirkovich (darvozabon, legioner)

Aleksandar Bolevich (legioner)

Umidbek Sultonov

Tohirbek To'xtasinov

O'xshash yangiliklar


Manba: UzPFL