Shou yozda MYUni tark etishi mumkin. Himoyachi klubda 2014 yildan buyon o'ynamoqda

7 noya 2026, 11:20
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.

Mankunianliklar bunday imkoniyatni ko'rib chiqmoqda va 2027 yilning iyun oyida muddati tugaydigan 31 yoshli ingliz bilan shartnomani uzaytirishi dargumon.

Shou 2014 yildan beri “Manchester Yunayted”da o'ynaydi. Joriy mavsum APLdagi 5 ta o'yinda uning hisobida 1 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano