Ronalduning opasi futbolchini jirkanch inson deb atagan siyosatchi haqida: "U juda baxtsiz odam bo'lsa kerak"

Sherzod Nurmatov
6 okt 2026, 13:40
Portugaliya terma jamoasi va "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru portugaliyalik siyosatchi Joau Mariya Jonetning futbolchi haqidagi tanqidiy so'zlariga javob qaytardi.

Avvalroq Ronaldu milliy terma jamoa ixtiyorini tark etgandi. OAV 41 yoshli futbolchi hamda bosh murabbiy Jorje Jezush o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani, murabbiy Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) hujumchini zaxirada qoldirgani va Daniya bilan o'yinda ham (4:2) uni maydonga tushirishni rejalashtirmagani haqida xabar bergan edi.

Portugaliya terma jamoasidagi ushbu mojaro fonida Jonet Ronalduni o'z kamchiliklarini tan olmaydigan jirkanch inson deb atagan.

"Kimdir bu ruhiy nosog'lom kimsani taniydimi? Uni umuman tanimayman, lekin uning kimligini bilishni xohlayman. Chunki ukam haqida aytayotgan gaplaridan kelib chiqsak, u uni umuman tanimasligidan dalolat beradi. U juda baxtsiz, aqli zaif va hasadgo'y odam bo'lsa kerak. Portugaliyalik odam bunday gaplarni gapirishdan uyalishi kerak", – deb yozdi Aveyru o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.

"O Jogo" nashrining xabariga ko'ra, Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash to'g'risida qaror qabul qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: O Jogo