

Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xyon Min O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:0) gol urdi. Los-Anjeles futbolchisi milliy jamoamizga qarshi o'yinning 6-daqiqasida hisobni ochdi.
Ushbu gol 34 yoshli futbolchi uchun milliy terma jamoa safidagi 59-gol bo'ldi. U hisobida 58 ta gol bo'lgan Cha Bom Ginni ortda qoldirib, terma jamoaning eng yaxshi to'purariga aylandi. Bu haqda Koreya futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Biz Son Hyon Min davrida yashayapmiz.
Son Hyon Minni xalqaro faoliyatidagi 59-goli hamda Janubiy Koreya erkaklar milliy terma jamoasi futbolchisi kiritgan gollar soni bo'yicha rekord o'rnatgani bilan tabriklaymiz.
Sardorimiz, afsonamiz - Son Xyon Min, – deyiladi Koreya futbol assotsiatsiyasi xabarida.



