Rays, Brunu, Saloh... PFA APLda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2025, 14:33
Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) talqinida Premer-ligada yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga 6 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda.

Bular – "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh, "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak, "Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister, "Chelsi" vingeri Koul Palmer, "Arsenal" xavbeki Deklan Rays va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh.

Avvalroq Saloh liga talqiniga ko'ra Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: thepfa.com