Rasman. A Seriyada 3-turdan so'ng dastlabki iste'fo sodir bo'ldi

7 sen 2026, 07:31
Fabio Grosso "Fiorentina" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Florenciya klubi iyun oyida tayinlangan 48 yoshli mutaxassisning iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Grosso qo'l ostida jamoa barcha turnirlarda 4 ta o'yin o'tkazdi. A Seriyada "Roma" (0:4), "Frozinone" (0:3) va "Torino"ga (1:2) imkoniyatni boy berdi, Italiya kubogida esa "Benevento"ni mag'lub etdi (4:1). "Fiorentina" milliy chempionat turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi.

Takidlash joizki, yozda klub transferlar uchun 150 million evro sarflagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru