Ramos takliflarni ko'rib chiqishga tayyor bo'lgan Yevropa ligalari aniq bo'ldi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026, 15:29
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" jamoasini tark etdi va hozirda yangi klub izlamoqda.

Yevropa va jahon chempioni bo'lgan futbolchining talablari esa unchalik ham katta emas.

AS nashri xabariga ko'ra, Ramos uchun uni istagan klub quyidagi 7 mamlakatdan birining oliy divizionida qatnashishi kifoya: 

Angliya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya va Turkiya.

U variantlarni saralab o'tirmoqchi emas - ushbu talablarga javob beradigan har qanday klubning taklifini eshitishga tayyor. Saudiya Arabistoni yoki AQSH klublari esa ko'rib chiqilmaydi, chunki Ramos faoliyatini Yevropada davom ettirishni istaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS