O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov: "Bu galgi yig'inga ko'proq yoshlarni jalb etdik"

Iskandarov Abdulaziz
11 noya 2026, 10:00
O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Tojikistonga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlarini bildirdi.

“Birinchi o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozongan edik. Hozir turli tarkiblarni sinab olish jarayoni ketmoqda. Besh kun davomida mashg'ulot o'tkazdik, tarkibda yangi futbolchilar ko'p. Ularni jamoa o'yiniga moslashtirish uchun vaqt talab etiladi. Ayni paytda kimning holati qandayligini, maydonga tushishga qanchalik tayyorligini sinchkovlik bilan kuzatyapmiz.

Bu galgi yig'inga ko'proq yoshlarni jalb etdik. Agar ular o'zlarini ko'rsata olishsa, keyingi yig'inlarda ham taklif etib, mahoratini oshirish ustida ishlaymiz.

Yoshlarimizning salohiyati yuqori. Tajribali futzalchilar ham ularga har tomonlama yordam berishmoqda. Jamoadagi ichki muhit a'lo darajada, xuddi bir oiladekmiz.

Shuningdek, bo'lajak o'rtoqlik o'yinlari bo'yicha ham reja tuzyapmiz. Agar har oyda shunday yig'inlar o'tkazib tursak, yigitlar milliy jamoa talablariga yanada tezroq moslashib borishadi”, - dedi Bahodir Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Futsal_Uzbekistan