

41 yoshli hujumchi milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush 27 sentyabr kuni Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. Xabar qilinishicha, Ronaldu terma jamoa safida boshqa to'p tepmaslik to'g'risida qaror qabul qilgan.
"Futbolni sevadigan barchamiz uchun hozir sodir bo'layotgan voqealarni kuzatish biroz og'ir va mahzun. Bu yerda na murabbiyni, na futbolchini ayblab bo'ladi.
Albatta, men Krishtianuni juda yaxshi bilaman. U raqobat ruhi o'ta kuchli bo'lgan inson. U yosh haqida o'ylamaydi, faqat o'zini qanday his qilayotganiga e'tibor qaratadi hamda har qanday lahzada maydonga tushishga tayyor o'yinchi ekaniga doimo ishonadi. Biroq, ehtimol, murabbiy boshqacha fikrlayotgandir va biz buni ham hurmat qilishimiz zarur. Men kimnidir aybdor deb aytolmayman. Barchamiz Krish bilan xuddi u loyiq bo'lganidek, barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida xayrlashishlariga umid qilamiz va shuni istaymiz. Shu bois ushbu vaziyatga echim topilishiga ishonaman", – dedi Pyanich.



