

Ingliz Premer-ligasining 2016-2019 mavsumlari uchun teletranslyatsiyalar huquqi 3 mlrd. funtdan ko'proqqa sotildi va ular har yili 1 mlrd. funtdan ko'proq ishlab topadi. Oxirgi uch yillik (2013-2016) uchun liga 2,23 mlrd. funt ishlab olishi kerak. Demak yillik daromad 743 mln. funtni tashkil etadi.

2016-2019 yilgi mavsumlar uchun Yevropa davlatlari Premer-liga translyatsiyasi uchun to'laydigan mablag'.

2016-2019 yilgi mavsumlar uchun jahon mamlakatlari Premer-liga translyatsiyasi uchun to'laydigan mablag'.

Premer-liganing ushbu davrlardagi teletranslyatsiyadan ishlab topgan yillik daromadlari.
Angliya Premer-ligasi dunyodagi eng tomoshabop chempionat hisoblanadi va ushbu liga jamoalari har yili Osiyo, Avstraliya va Amerika qitasi davlatlariga turne uyushtiradi.


Premer-liga bilan teletranslyatsiya borasida shartnoma tuzgan mamlakatlar


Eslatib o'tamiz, "UZREPORT TV" telekanali Angliya Premer-ligasini O'zbekistonda ko'rsatish huquqini sotib olgan edi. Ingliz chempionati o'yinlari noyabr oyidan boshlab efirga uzatilishi rejalashtirilgan.



