"Manchester Siti" g'azabda: "Shaharliklar" bir hafta ichida 3 ta bahs o'tkazishiga to'g'ri keladi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 21:49
"Manchester Siti" klubi Angliya Premer-ligasi tomonidan may oyidagi o'yinlar taqvimiga kiritilgan o'zgarishlardan qattiq norozi bo'lmoqda.

"Shaharliklar"ning fikricha, yangi grafik "Arsenal" bilan kechayotgan chempionlik kurashiga bevosita salbiy ta’sir ko'rsatadi.

APL tomonidan tasdiqlangan yangi taqvimga ko'ra, Pep Gvardiola shogirdlari 13 maydan 19 maygacha bo'lgan 7 kun ichida naqd 3 ta muhim uchrashuvda maydonga tushishlariga to'g'ri keladi. Jamoaning may oyidagi o'yinlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

4 may: "Everton" (mehmonda)

9 may: "Brentford" (uyda)

13 may: "Kristal Pelas" (uyda)

16 may: "Chelsi" (Angliya Kubogi finali, "Uembli")

19 may: "Bornmut" (mehmonda)

24 may: "Aston Villa" (uyda)

"The Times" nashrining yozishicha, "Manchester Siti" rahbariyati APL taqvim tuzishda o'z principlariga amal qilmaganidan g'azabga kelgan. Klub o'z takliflarini kiritgan bo'lsa-da, liga ularni rad etgan. Xususan, "Siti" "Kristal Pelas" bilan o'yinni oldinroqqa ko'chirishni so'ragan edi, chunki bu o'yinni qoldirish kerakligi fevral oyidayoq ma'lum bo'lgan.

Klub mutasaddilarining fikricha, bunday tig'iz grafik futbolchilarning tiklanishiga xalaqit beradi va mavsumning eng hal qiluvchi pallasida jamoani noqulay ahvolga solib qo'yadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times