APL "Manchester Siti"ning o'yinlarni ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 15:35
Premer-liga rahbariyati "Manchester Siti"ning qoldirilgan o'yinlarini qayta rejalashtirishiga yo'l qo'ymaydi.

Jamoa Angliya Kubogi finaliga chiqqanidan so'ng taqvimni o'zgartirish zarurati paydo bo'ldi, bu esa ularning "Bornmut"ga qarshi safardagi liga o'yinini keyinga qoldirishni talab qildi. Bundan oldinroq "Siti" Liga Kubogi finaliga yo'llanma olganidan so'ng ularning "Kristal Pelas" bilan uy o'yini keyinga qoldirildi.

Natijada Xosep Gvardiolaning jamoasi ikkala qoldirilgan bahsni ham ish haftasining o'rtasida o'tkazadi: ular 13 may kuni "Kristal Pelas"ni qabul qiladi va 19 may kuni "Bornmut" maydoniga safar qiladi.

Bu ikki o'yin oralig'ida, 16 may kuni "shaharliklar" Angliya Kubogi uchun "Chelsi" bilan to'qnash keladi, bu ularning jadvalini sezilarli darajada zichlashtiradi.

Klub avval janubiy qirg'oqqa tashrif buyurishni, keyin esa uyda o'ynashni taklif qilgandi, ammo liga reglamentga asoslanib, o'yinlarning asl tartibini saqlab qoldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC