

"Portu" prezidenti Andre Villash-Boash "ajdarlar"ning 37 yoshli "Barselona" hujumchisini shu yozda sotib olishga tayyorlanayotgani haqidagi so'nggi mish-mishlarga izoh berdi.
"Buni tasavvur ham qilolmaymiz, Levandovski nomzodi biz uchun moliyaviy jihatdan imkonsiz", – dedi Villash-Boash.

Robertning "Barselona" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va hozirda shartnomani uzaytirish bo'yicha ishlar ketgani yo'q.
Avvalroq "Al Hilol" unga yiliga 90 mln evro maosh taklif etayotgani xabar qilingan edi.



