"Portu" 36 yoshli Smolling bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 17:15
"Portu" rasmiy saytida angliyalik himoyachi Kris Smollingni erkin agent maqomida safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

36 yoshli futbolchi Portugaliya klubi bilan mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan va yana 1 yilga uzaytirish bandiga ega shartnoma tuzdi. U yangi jamoasida 6-raqam ostida to'p tepadi.

3.jpg

Smolling 1 iyuldan buyon "Al Fayha" bilan shartnomasi yakuniga etganidan so'ng klubsiz yurgandi. U bungacha "Roma", "Manchester Yunayted" va "Fulxem" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Shuningdek, Smolling hisobida Angliya milliy terma jamoasi safida 31 ta o'yin va 1 ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif