"Paxtakor" ustozi kechagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

24 noya 2026, 07:34
"Paxtakor" murabbiyi Emilian Karas Jiddadagi bahsdan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi.

- Har ikki bo'limni yomon boshladik va gollarga olib kelgan xatolarga yo'l qo'ydik. Keyin o'zimizga keldik. Bir necha golli imkoniyatlar yaratdik. Ulardan foydalanishda bizga tajriba va mahorat yetishmadi. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Hujumga o'tishimiz zarurligi sababli birinchi bo'limdayoq o'zgarishga qo'l urdik. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar shunday bellashuvlarda tajriba to'plashadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: pakhtakor.uz