

"Faoliyatimdagi eng yaxshi davr men klubga endigina kelgan paytimda, "Pari Sen-Jermen"da bo'lgan.
Bilaman, odamlar meni MSN [Messi – Suares – Neymar] triosi porlagan "Barselona"dagi o'yinlarim va jamoa bilan erishgan barcha yutuqlarim orqali eslashadi. Ammo, o'ylashimcha, Neymarning eng yaxshi talqini aynan "Pari Sen-Jermen"da namoyon bo'lgan.
U yerda men kuch, tezlik va intellektni o'zaro uyg'unlashtira oldim, shuningdek, maydondagi barcha detallarni payqashni o'rgandim. Men uchun bu faoliyatimdagi eng yaxshi davr edi", - dedi Neymar Davoo Xeneize blogerining YouTube kanalida e'lon qilingan videoda.



