

"Neftchi" - "Paxtakor" qarama-qarshiligiga bu safar kubok turnirida guvoh bo'lamiz.
Jamoalar shu kunga qadar O'zbekiston Kubogida 15 marotaba to'qnash kelgan. Mazkur bellashuvlarda "sherlar" 12 bor g'alaba qozongan, "Neftchi" 2 ta o'yinda yutuqni o'ziniki qilgan bo'lsa, 1 ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.
Bu ikki klub oxirgi marotaba kubok o'yinlarida 2011 yil uchrashgan. O'sha mavsum 1/4 final bosqichida ikkita o'yinda ham Toshkent klubi g'alaba qozongan (2:1, 1:0). Yakunda "Paxtakor" finalda "Nasaf"dan ustun kelib, kubokni boshi uzra baland ko'targan.
Sizningcha, bugun qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqadi?



