MYU Kerrikning kelajagi borasida qachon bir qarorga kelishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 22:44
"Manchester Yunayted" jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikning kelajagi bo'yicha noyabr oyidagi xalqaro o'yinlar uchun beriladigan tanaffus vaqtida yakuniy qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Ushbu xalqaro tanaffus mutaxassis o'z lavozimida qolishi yoki ketishini belgilab beruvchi hal qiluvchi palla bo'ladi. Klub rahbariyati murabbiyga vaziyatni o'nglash uchun ikkita o'yin berdi: mazkur bahslarda "Manchester Yunayted" "Chelsi" va "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.

Bunday qarorga kelinishining asosiy sababi - klub uzoq muddatga vaqtinchalik murabbiy tayinlashni istamayapti. Bundan tashqari, Kerrik "Manchester Yunayted" direktori Jeyson Uilkoks tomonidan shaxsan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Angliya chempionatida sakkizta o'yindan so'ng "Manchester Yunayted" faqatgina etti ochko jamg'arib, turnir jadvalida 16-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TEAMtalk