Mirko Yelichich: "Bugungi bahsda ko'prog'iga loyiq edik"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2026, 22:42
OKMK hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi Superliganing 10-tur bahsidan (2:1) so'ng mehmonlar ustozi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirko Yelichich: “Ikkala jamoa oxirigacha o'ynashdi. Bunday bahslarda ishtirok etish yoqimli. Bazi jamoalar himoyaga yotib olishadi, ammo OKMK bunday emas. Standartlardan ikkita gol o'tkazib yuborish juda alamli. Bugungi bahsda ko'prog'iga loyiq edik”.

- Himoya chizig'ida bo'yi uzun yigitlar bor. Jamoa standartlardan gol o'tkazib yuborishining sababi nimada?

- Standartlarda nima bo'lishini oldindan bilish qiyin. Asosan hammasi mikrovaziyatlarda hal bo'ladi. To'g'ri, bo'yi uzun futbolchilar bunday xavflarni bartaraf etishi kerak. Buni ustida ishlaymiz.

- Siz boshqarayotgan “Lokomotiv” o'yin uslubi bo'yicha OKMKga o'xshar ekan. 10 ta turli ko'rsatkich bo'yicha 7 tasida bu ikki jamoada bir xil natija. Ko'p vaziyatlar yaratasiz, ammo ulardan foydalanishda muamolar bor…

- Siz “TTYMI” stadionida bo'lganmisiz? U yerda sifatli o'yin ko'rsatish qiyin. Maydon holati yomon. Bu bizga halaqit beradi.

- “Lokomotiv” mag'lub bo'lgan o'yinlardan keyin jamoaning o'yinidan mamnunligingizni aytgansiz…

- Hali ko'nglim to'lmagan bahs bo'lmadi. Hammasida yaxshi harakat qilyapmiz. Yigitlar ahil. Futbolda shunaqasi bo'lib turadi.

- Suhrob Nurulloev qachon safga qaytadi?

- U o'zini yaxshi his qilyapti. Keyingi o'yinga tayyor bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia