

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev zaxirada qoldirildi. Murabbiy katta ehtimol bilan unga va jamoaning boshqa yetakchilariga to'rt kun oldin YCHL saralashidagi o'yindan so'ng dam berishga qaror qilgan. Bundan tashqari, jamoa 20 avgust kuni saralash yo'lidagi so'nggi bosqich doirasida o'yin o'tkazadi.
Bahs esa mezbonlarning ishonchli hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. 72-daqiqada Jon-Lens Mikels penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 90+1 daqiqaga kelib Xander Severina jamoasining ikkinchi golini urdi.





