

"O'yinga kelsak, birinchi navbatda "G'azalkent"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular himoyadan to'g'ri o'ynashdi. Shu bois qarshi hujumlarda barcha narsa o'xshadi. Fikrimcha, biz o'yinga etarlicha tayyorlana olmadik. O'yin davomida o'zimizni yig'ib olish qiyin edi. Maydon holati, yomg'irni bahona qilmoqchi emasman. Lekin himoyalana olmadik va qarshi hujumlarda jazolandik", - deydi Marat Miftaxutdinov.
- Jamoa o'yiniga ob-havo yoki boshqa narsani aytmoqchi emasman. Lekin bugun sizlarga qarshi quyi liganing yosh futbolchilari o'ynadi...
- Barchasini tushunib turibman. Lekin ular yaxshi shakllangan jamoa. Maydonga katta ishtiyoq bilan chiqishdi. Ikki jamoa futbolchilaridagi xohishda farq sezildi. Mana shu omil ham rol o'ynadi. Vaziyatni yaxshi bilasiz, balki ularga etarlicha baho bera olmagandirmiz.




