"Manchester Yunayted" "Leyptsig"ga xabar jo'natdi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2025, 23:50
"Manchester Yunayted" Benyamin Sheshkoni sotib olishga tayyor.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, agarda futbolchining o'zi jamoasini almashtirishga rozi bo'lsa, mankunianliklar "Leyptsig"ga taklif jo'natishini ma'lum qilgan.

O'z navbatida "Nyukasl" ham futbolchi uchun taklif jo'natishga tayyop turibdi. Ular nemis klubining talablarini bajarishga tayyor.

Qayd etilishicha, "Leyptsig" to'purarini 75 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Sheshko o'tgan mavsum Bundesliganing 33 o'yinida 13 gol urdi va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano