"Manchester Siti" hujumchisi "Stok Siti"ga o'tadi

Alisher
17 avg 2022
"Stok Siti" hujumchi Liam Delapning ijarasi bo'yicha "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishdi.

Jurnalist Devid Ornshteynning xabariga ko'ra, 19 yoshli angliyalik bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Ijara bitimi xarid qilish huquqisiz 1 yilga mo'ljallangan. Hujumchiga shuningdek "Vest Bromvich" va "Sautgempton" qiziqish bildirishgandi.

Delap o'tgan mavsum "Manchester Siti" asosiy jamoasida 6ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein