Krauch “Stok Siti” haqida: “Barsa”ni yutishi mumkin bo'lgan yagona klub edi”

Eldor Akmurzayev
21 sen 2022, 08:55
Angliya TJ sobiq a'zosi Piter Krauch “Stok Siti”dagi faoliyati haqida gapirdi.

Forvard 2011-2019 yillar davomida mazkur klub sharafini himoya qilgan. 

“Stok Siti”ni tanladim, chunki bu erga kelganimda APLda yuqori darajali o'yinchilar ko'p edi, ammo ishga bo'lgan munosabat va do'stlik qoyilmaqom darajada edi.

Faoliyatimdagi eng zo'r kiyinish xonalaridan biri bo'lgan. Har kuni jangga kirishimiz va mehnat, harakat hamda fidoyilik orqali natijalarga erishishimizni bilardik.

O'ylashimcha, o'sha davrda biz “Barselona”ni mag'lub eta oladigan yagona jamoa edik. Raqiblarga qo'rqinch olib kelardik.

Agar o'sha paytda Messi va Inesta Britaniyaga ("Stok" bilan bahsga) kelganida, menimcha, ular bilan keskin kurash olib borgan bo'lardik. Hech kimdan qo'rqmasdik, biz bilan o'yinlar oson o'tmasdi. 

“Arsenal”ga qiyinchilik tug'dirardik. Ularga qarshi o'yin oldidan maydon markazidagi aylana ichida maxsus tayyorlanardik, shunchaki, ular o'ynay olmasligi uchun masofani qisqartirardik. Chim ham uzunroq edi va Aaron Remsi o'z butsasini ko'rolmaganini ham eslayman” ”, deydi Krauch.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail