"Manchester Siti" futbolchisi o'tgan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Administrator
26 avg 2026, 00:34
Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Niko O’Raylini APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topdi.

"Manchester Siti"ning 21 yoshli himoyachisi ovoz berish jarayonida o'z jamoadoshi Rayan Sherki, Maks Douman ("Arsenal"), Eli Junior Krupi ("Bornmut"), Kobi Maynu ("Manchester Yunayted") va Rio Ngumoani ("Liverpul") ortda qoldirdi.

O'tgan Premer-liga mavsumida O’Rayli 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: PFA