

“Al Nassr” - “Gamba Osaka” 0:1
Gollar: 30 - Deniz Hummet
“Al-Nassr”: 24. Bentu, 12. Navaf Bushal, 3. Muhammad Timakan, 26. Martines, 23. Ayman Yahyo (83. Al-Najdi, 66’), 29. Abdulraxmon G'arib (21. Kingsli Koman, 66’), 19. Ali Al-Hassan (9. Al-Hamdan, 80’), 96. Ali Al-Nasser (20. Anjelo, 56’), 10. Sadio Mane, 79. Joau Feliks, 7. Krishtianu Ronaldu.
Zaxira: 8. Abdulkarim, 1. Navaf Al-Aqidi, 2. Sulton Al-G'annam, 53. Al-Otaybi, 4. Al-Sharari, 70. Aman, 60. Haqavi, 16. Maran.
“Gamba Osaka”: Araki R., 15. Takumi Kishimoto, 5. Genta Miura, 20. Shinnosuke Nakatani, 21. Riku Xacuse, 16. Tokuma Suzuki (13. Abe S., 60’), 27. Ryo Mito, 17. Rin Yamashita (44. Okunүki, 60’), 11. Issam Jebali (7. Takasi Usami, 80’), 8. Ryo Meshhino (97. Velton, 70’), 23. Deniz Hummet (42. Minamino, 46’).
Zaxira: 1. Masaaki Xigashiguchi, 22. Dzyun Ichimori, 19. Gakuto Ikegaya, 10. Shu Kurata, 33. Syota Nakano, 40. Toyama, 36. Tacuya Yamamoto.
Ogohlantirishlar: 49 - Navaf Al-Aqidi, 64 - Abdulraxmon G'arib
90+6. O'yin yakunlandi, “Gamba Osaka” - chempion, Ronaldu - yana sovrinsiz qoldi!
90+1. Al-Hamdanning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
89. Anjelo raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bu vaziyatda ham qoidabuzarlik bo'lmagani ma'lum qilindi.
86. Ronalduning darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
84. Felik darvozaga juda yaqin masofadan zarba berdi, himoyachi qaytardi to'pni…
81. Havolatib uzatilgan to'pni Timakan bosh bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon ushlab oldi to'pni!
80. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga o'yin “yonadi”.
77. Feliksning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi…
68. Mane raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo bosh hakam bu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagan, deb topdi.
66. “Al Nassr” zaxiradan yangi kuchlarni o'yinga tashladi, kuzatamiz, qanday o'ynaydi.
59. Sadio Mane va Feliks kombinaciya yaxshi bo'ldi, biroq yakuniy zarbani berish uchun to'p Krishtianuga aniq etkazib berilmadi.
56. Uchrashuv tempi biroz pasaydi, aytarli vaziyatlar yuzaga keltirishmayapti jamoalar.
50. Sadio Mane yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq qarshisidagi ikki himoyachidar o'ta olmadi.
47. Saudiyaliklar bo'limni hujumlar bilan boshladi.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
🕘 45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+2. G'aribning uzoq masofadan erlatib bergan zarbasi noaniq ketdi.
45+1. Ronaldu havolatib uzatilgan to'pga aniq zarba bera olmadi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. Ajoyib kombinaciyadan so'ng Abdulrahmon G'arib zarba berdi, birozgina noaniq bo'ldi…
38. Felis zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi.
36. Yana yaponiyaliklar oldinga o'tmoqda, hujumlar xavflilashmoqda.
34. Gol inobatga olindi, barchasi joyida, demak.
33. Hali hamon VAR ko'rmoqda vaziyatni. Bekor qilinarmikin?
31. Qiziq, gol bo'lgan vaziyat VARda ko'rilmoqda.

⚽️ 30. GOL! Deniz Hummet hisobni ochdi! Denis jarima maydonchasi ichidan erlatib zarba berdi va gol urdi!
29. Ronaldu o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yaqin joydan zarba berdi, Arakidan seyv!
24. Mane darvozaga yaqin joyda zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.
23. Ronalduning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”ga tegib qaytdi.
20. Feliks o'ziga uzatib berilgan to'pni to'xtatib, bitta urinishda Ronalduga bermoqchi edi, ammo himoyachi to'xtatib qoldi.
19. Martines havolatib uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni ushlab oldi.
15. Uchrashuv tempi yaxshi, biroq hozircha xavfli hujumlar ko'rmadik.
8. “Gamba Osaka” faollikni oshirmoqda.
5. Sadio Mane chapdan oldinga yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq bu vaziyatda hech kim yakuniy zarbani berolmadi.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni OCHL 2 finali doirasida "Al Nassr" - "Gamba Osaka" o'rtasidagifinal uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishinga taklif etamiz!



