Leandro Trossard 20 mln evro evaziga “Arsenal”dan boshqa klubga o'tmoqda

4 iyul 2026, 21:31
Turkiyaning "Beshiktosh" klubi Angliyaning "Arsenal" klubi bilan 31 yoshli vinger Leandro Trossardni sotib olish bo'yicha 20 million evrolik kelishuvga erishdi.

Bitim 18 million evro miqdoridagi transfer to'lovini o'z ichiga oladi. 2 million evro bonuslar va qo'shimcha to'lovlar ko'rinishida ko'zda tutilgan. Shaxsiy shartnoma shartlari hali kelishuv jarayonida.

Trossardning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 18 million evroni tashkil etadi.

Trossard o'tgan mavsum Mikel Arteta jamoasi safida 50 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda futbolchi JCH-2026da Belgiya terma jamoasi safida harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic