Konate "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. "Real"da yagona markaziy himoyachi qoladi, Tchuameni himoyaga o'tkazilishi mumkin

3 okt 2026, 20:09
"Vilyarreal"ga qarshi o'yin oldidan "Real"da markaziy himoyachilar bo'yicha jiddiy muammo yuzaga keldi.

Marca xabariga ko'ra, Ibraima Konate 10 oktyabrdagi o'yingacha tiklanishga ulgirmaydi. Din Xyoysen derbidagi chetlatish sababli uchrashuvni o'tkazib yuboradi, Raul Asensio yaqinda operaciyani boshdan kechirdi, Eder Militao esa tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Shu tariqa, tarkibdagi yagona profilli markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bo'lib qolmoqda. Joze Mourinyu uchun asosiy variantlardan biri - Orelen Tchuamenini himoya markaziga o'tkazish. Fransiyalik futbolchi ushbu poziciyada avval ham o'ynagan va uning talablarini yaxshi biladi.

Yana bir imkoniyat - markazda Denzel Dumfrisdan foydalanish. Bundan tashqari, murabbiy akademiya o'yinchilarini jalb etishi mumkin. Avvalroq Mourinyu yosh himoyachilarga imkoniyat berishga tayyorligini takidlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca